AsosiyJamiyat

Navoiyda “Yoshlar” sport majmuasi koronavirus bemorlari uchun 400 o`rinli taqsimot punktiga aylantirildi

'Navoiyda “Yoshlar” sport majmuasi koronavirus bemorlari uchun 400 o`rinli taqsimot punktiga aylantirildi'ning rasmi

Bu haqda Navoiy shahar hokimiyati axborot xizmati xabar bermoqda.

Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasi binosida 400 o`rinli tashxislash, saralash, taqsimot punkti faoliyatini boshladi.

Pandemiya davrida bemorlarga birlamchi tibbiy xizmat ko`rsatishni maqsad etgan mazkur vaqtinchalik shifo maskanida tez tibbiy yordam bo`limiga harorati ko`tarilib, murojaat etgan bemorlar keltiriladi. Jarayonda bemorlar tashxislanib, ular ahvolining o`ta og`ir, og`ir va engilligiga qarab saralash ishlari tashkil etiladi. Bemorlarning klinik belgilaridan kelib chiqib, ular shifoxonaga yoki uyida davolanish uchun yo`naltiriladi.

Ayni paytda Navoiy shahar hokimligi tomonidan mazkur punkt tibbiy ko`rik uchun zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar