Ayni karantin davrida O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarining viza muddati avtomatik ravishda shu yilning 1 noyabr kuniga qadar uzaytirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Bunda ularga nisbatan hech qanday choralar ko`rilmaydi, jarima undirilmaydi. Koronavirusning O`zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyulidagi qarorida shu haqida bayon qilindi.
Eslatib o`atmiz, O`zbekiston va xorijiy davlatlar o`rtasidagi avia va avtomobil qatnovlari shu yilning 16 martidan boshlab 10 apreliga qadar vaqtinchalik to`xtatilgan. Keyinchalik ushbu muddat 5 may,1 iyungacha, so`ng 1 avgustga qadar uzaytirilgan edi. Ushbu masala bo`yicha qo`shimcha savollar tug`ilgan taqdirda, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi (+998712332828, +998 971365151, call center – 1164, telegram: +998971365151)ga hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ishonch telefoni (+998712000088)ga murojaat qilishingiz mumkin.






