AsosiyJamiyat

Sobiq senator Tohir Bahronov vafot etdi

'Sobiq senator Tohir Bahronov vafot etdi'ning rasmi

“Buxoro xalqaro aeroporti” MChJ direktori, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Tohir Bahronov vafot etdi

Buxoro viloyati hokimligi xabar berishicha, Tohir Bahronov 1959 yil 21 aprelda Buxoro shahrida tavallud topgan U 1986 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, 1996 yilda Sankt-Peterburg fuqaro aviasiyasi akademiyasini sirtdan o`qib tugatdi. Mehnat faoliyatini 1976 yilda Buxoro suv xo`jaligi boshqarmasi kinomexanigi yordamchisi sifatida boshlab, Buxoro “XATP-11” avtokorxonasi haydovchisi (1977-1978), Buxoro aviaotryadining tashish bo`limi dispetcheri (1980-1982), Buxoro shahar avia agentligi boshlig`i (1982-1985), Buxoro aeroporti yo`lovchilar tashishni tashkil qilish xizmati boshlig`i, direktor o`rinbosari (1985-1997) lavozimlarida ishladi. 

1997 yilda “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK direktorligiga tayinlandi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999-2004), Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati (2014-2019), O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi (2014-2019) sifatida ham ijtimoiy muammolarni qisqa fursatda atroflicha o`rganib, ijobiy echim topishida tashabbus ko`rsatdi. 

Buxoro viloyati hokimligi Tohir Bahronovning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar