1

Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda?

Jamiyat 04.08.2020, 14:34
Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda?

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi yuzasidan aholidan kelgan savollarga javob qaytarildi.

Savol:

Nima uchun barcha sharoitlar Toshkent aholisi uchun qilinmoqda. Boshqa hududlar va tumanlar ham borku?  

Javob:

— Hozirgi kunda epidemiologik vaziyat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa hududlarga nisbatan birmuncha og`ir bo`lganligi sababli barcha davolash va kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan pilot loyihxalar birinchi navbatda Toshkent shahrida o`tkazildi.

Ushbu loyihalar asosida bemorlarga malakali va tez tibbiy yordam ko`rsatishning yangi tizimi tashkil etildi.  

 Ushbu loyixalar ijobiy samara berganligi sababli hozirgi kunda respublika bo`ylab yangi tizim asosida ish olib borish tatbiq etilishi boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1