1

Imtihonlar ochiq osmon ostidagi maydonlarda o`tkazilishi mumkin

Jamiyat 04.08.2020, 14:59
Imtihonlar ochiq osmon ostidagi maydonlarda o`tkazilishi mumkin

Insayderlarning aytishicha, 15-avgustdan keyin karantin choralari yumshatilgach , kirish imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda (masalan, stadionlar) 2 ta, ertalab va kechki smenada o`tkazish yuzasidan tegishli loyiha tayyorlanmoqda. Bu haqda DTM xabar berdi.

Albatta karantin qoidalari asosida.

Umid qilamizki, o`sha kunlarda yomg`ir yog`ib qolmaydi va ob-havoning injiqliklari kuzatilmaydi!

Bu loyiha har tomonlama eng optimal echimdir. Yopiq binolardan ko`ra, ochiq maydonlarda virus tarqalishining oldi olinish samarasi yuqoriroq. Avvalroq, Janubiy Koreyadagi sug`urta agentliklari xodimlarining attestasiya imtihonlari ochiq maydonda o`tkazilgani haqida xabar bergandik. Xuddi shu tartib DTM imtihonlarida ham joriy qilinishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1