1

O`zbekistonda yana 254 nafar fuqaro koronavirusni yuqtirib oldi

Jamiyat 04.08.2020, 17:13
O`zbekistonda yana 254 nafar fuqaro koronavirusni yuqtirib oldi

2020 yil 4 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26804 (+254) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

 Yangi kasallanish holatlarining 218 nafari Toshkent shahrida (shundan 195 nafari tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 23 nafari esa  O`rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 31 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 181 nafar, Toshkent shahrida 174 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 88 nafari, Samarqand viloyatida 87 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg`ona viloyatida 2 nafar, jami 576 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 17838 (+576) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 8803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1