“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori (461-son, 04.08.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo`shimcha to`lovlar o`rniga quyidagi har oylik moddiy rag`batlantirish to`lovlari belgilandi:
vrach xodimlarga – 2,5 mln so`m;
o`rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so`m;
kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln so`m;
boshqa xodimlarga – 500 ming so`m.






