AsosiyJamiyat

Farg`onada maxsus “Ruxsatnoma”ni soxtalashtirib "ish qilgan" fuqaro qo`lga olindi

'Farg`onada maxsus “Ruxsatnoma”ni soxtalashtirib "ish qilgan" fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati “Ruxsatnoma”ni soxtalashtirgan shaxs qo`lgan olingani haqida xabar qildi. 

Keltirilishicha, 23 iyul kuni O.S. tanishi K.Sh.ning ishonchiga kirib, transport vositasini boshqarish uchun maxsus ruxsatnomasi bo`lmaganligi sababli 4 iyul kuni jarima maydoniga olib kirib qo`yilgan “Damas” avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berishini aytib, uning 1 million so`m pullari evaziga YHXB inspektori nomidan yozilgan transport vositalarini jarima maydonidan olib chiqish to`g`risidagi maxsus “Ruxsatnoma”ni soxtalashtirgan holda, jarima maydonida saqlanayotgan “Damas” rusumli avtomashinasini olib chiqqan va pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, O.S. mana shunday qalbaki hujjatdan foydalanib, 300.000 so`m evaziga tanishi Q.A.ga tegishli bo`lgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini jarima maydonida olib chiqib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar