AsosiyJamiyat

6-7 avgust kunlari tashkil etiladigan charter reyslar ro`yhati e`lon qilindi

'6-7 avgust kunlari tashkil etiladigan charter reyslar ro`yhati e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qilishicha, 6-7 avgust kunlari quyidagi charter reyslar parvoz qiladi. 

  • Toshkent-Dubay-Toshkent
  • Toshkent-Nyu-York-Toshkent
  • Toshkent-Tokio-Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi. Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent-Seul-Toshkent hamda Qohira-Toshkent-Qohira charter reyslari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar