Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzaev "ZOOM" dasturi orqali apparat yig`ilishi o`tkazdi.
Unda viloyat hokimi qator tayinlovlarni o`qib eshittirdi.
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Eshonkulov Akbar Burxonovich Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2019 yildan Qashqadaryo viloyati hokimining o`rinbosari - viloyat investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig`i kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi vazifasida bo`lgan Omanov Shoxjaxon Omanovich Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.
Domotov Bo`riboy Ro`zievich - Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari kotibiyati etakchi mutaxassisi, Lutfullaev Ulugmurod Ulugbekovich - Qashqadaryo viloyati hokimining o`rinbosari - viloyat investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig`i kotibiyati 1-toifali mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, yig`ilishda viloyat xalq ta`limi boshqarmasi rahbari Abdug`ani Himmatovga tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun hayfsan berildi.






