“Xitoydan keltirilayotgan tibbiyot matolari va niqoblar orqali koronavirus tarqalyapti” degan gaplar qanchalik asosli?

Salomatlik 05.08.2020, 18:46
“Xitoydan keltirilayotgan tibbiyot matolari va niqoblar orqali koronavirus tarqalyapti” degan gaplar qanchalik asosli?

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda “Darakchi” muxbiri tomonidan berilgan mazkur savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Rajabboy Israilov quyidagicha javob berdi:

Siz bu xabarlarga e`tibor bermang. Virus – bu tirik jonzot! Tirik jonzot (tahr. Koronavirus nazarda tutilyapti) faqat inson tanasidagi hujayralarga kirgandan so`nggina ko`payadi, yashaydi.

— Virusning turli yuzalarda ham bir oz muddat yashashi haqida faktlar borku?!

— U matomi, oziq-ovqatmi yoki boshqa jismmi 1-2 kungacha yashashi mumkin. Bu ham to`laligicha aniq emas. Import mahsulotlari esa kelguncha masofa uzoq, 3-4 kun vaqt o`tadi va bu holatda hech qachon koronavirus etib kelolmaydi. “Koronavirus – bu turizm kasalligi” deyishdi. Nima uchun? Bu kasallik insonlar migrasiyasi orqali kirib keladi. Lekin narsa bilan kirib kelolmaydi. U jonli hujayra ichidagina ko`paya oladi.

Mavzuga doir:

O`zbekistonda ommaviy emlanish qachon boshlanadi?

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1