AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish uchun rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga o`zgartirish kiritildi

'O`zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish uchun rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Avvalroq, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O`zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgustga qadar navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlangan edi.

Ayni paytda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O`zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 2-16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining jadvaliga qisman o`zgartirish kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xususan, 5 avgust kuni Qohira – Toshkent – Qohira yo`nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16 avgust kuni bajariladi.    

7-8 avgust Toshkent – Pekin – Toshkent yo`nalishidagi reys esa 13-14 avgust kunlari amalga oshiriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar