AsosiyJamiyat

Navoiylik ayolni “Odnoklasniki” orqali qo`rqitib, tahdid qilayotgan kimsani topish bo`yicha surishtiruv boshlandi

'Navoiylik ayolni “Odnoklasniki” orqali qo`rqitib, tahdid qilayotgan kimsani topish bo`yicha surishtiruv boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Tuxtagul Turdievaning prokuratura hamda ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan qilgan videomurojaati tarqaldi.  

Unda ushbu fuqaro tomonidan Navoiy viloyati prokuraturasi va ichki ishlar organlariga ariza topshira olmayotgani, hech kim undan arizasini ko`rib chiqishlik uchun qabul qilmayotgani bayon etilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar organlari tomonidan o`rganish, tekshiruv ishlari boshlangani ma`lum qilindi.

Aniqlanishicha, “Odnoklasniki” ijtimoiy tarmog`ida noma`lum shaxs fuqaro Tuxtagul Turdievaga murojaat qilib, uning sha`niga nisbatan haqoratli so`zlar ishlatib, qadr-qimmatini poymol qilgan.  

Bundan tashqari, unga telefon qilib, “SMS”lar yozib, qo`rqitib, uning psixologik tinchligini buzgan.  

O`z hayoti va sog`ligi uchun havotir olgan Turdieva 2020 yil 22 iyul kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Karmana tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar!  

Ayni damda Koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatimizda karantin choralari joriy etilgan. Qolaversa, bunday sharoitda raqamli boshqaruv va raqamli munosabat tizimlari hayotga tadbiq etilmoqda. Ya`ni sodda qilib aytganda o`sha murojaatni ham yo`llash, uni qabul qilish elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Shunday ekan fuqarolarimizdan zamon talabidan kelib chiqib, aholi uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida ishga tushirilgan elektron tizimlar imkoniyatlaridan keng foydalanish ma`qulroq ekanligini yana bir karra eslatib o`tmoqchimiz", 

- deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar