AsosiyJamiyat

Toshkentda yana 2 kishi koronavirus qurboni bo`ldi. O`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni ortib ketmoqda

'Toshkentda yana 2 kishi koronavirus qurboni bo`ldi. O`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni ortib ketmoqda'ning rasmi

SSV 2020 yil 6 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat haqida xabar berdi. Unga ko`ra, yana 276 odamda virus aniqlangan. 

Shu bilan birga, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 18 783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 113 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 799 nafari og`ir, 228 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar