Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sababli to`xtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Maktabgacha ta`lim vazirligi Matbuot xizmati.
Ushbu faoliyatni tiklashdan maqsad, xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz muhitni ta`minlash orqali, bolalarni normal maishiy hayot, o`yinlar va ta`lim jarayoniga qaytarishdir.
Bunda virus tarqalishi va uni yuqtirib olish xavfini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan ta`qiq choralarini hisobga olgan holda, qo`shimcha xavfsizlik choralari ham tatbiq etilishi ko`zda tutilgan.
Ammo, bolalar o`rtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy mashg`ulotlari va rivojlantiruvchi o`yinlariga halaqit bermasligi lozim.
Maktabgacha ta`lim vazirligi BMT Bolalar jamg`armasi UNISEFning ko`magida pandemiya sharoitida MTT larda ish jarayoni qanday tamoillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi.






