AsosiyJamiyat

2020 yilda O`zbekistondan Rossiyaga qancha odam kirib borgani ma`lum qilindi

'2020 yilda O`zbekistondan Rossiyaga qancha odam kirib borgani ma`lum qilindi'ning rasmi

2020 yilda O`zbekistondan Rossiyaga 620 ming kishi kirib borgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning o`tgan davrida Rossiyaga 6 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 60 foizga kamdir. Joriy yilning ikkinchi choragida sayohat maqsadida Rossiyaga biron bir chet el fuqarosi kelmagan.

Rossiyaga asosan quyidagi mamlakatlardan fuqarolar kirib kelgan:

1. 🇺🇦 Ukraina - 1,7 million;

2. 🇰🇿 Qozog`iston - 885 ming;

3. 🇺🇿 O`zbekiston - 620 ming;

4. 🇹🇯 Tojikiston - 373 ming;

5. 🇦🇿 Ozarbayjon - 233 ming.

Shuningdek, Qirg`iziston, Finlyandiya, Armaniston, Abxaziya va Xitoy kuchli o`nlikka kirgan.

    Boshqa yangiliklar