1

O`zbekiston inson huquqlari bo`yicha xalqaro forum o`tkazadi

Jamiyat 07.08.2020, 07:39
O`zbekiston inson huquqlari bo`yicha xalqaro forum o`tkazadi

2020yil 12-13 avgust kunlari videokonferensiya shaklida bo`lib o`tadigan Inson huquqlari bo`yicha Samarqand forumi yoshlar huquqlarini targ`ib qilishning dolzarb masalalariga bag`ishlanadi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar berdi.

Forum tashkilotchisi O`zbekiston Hukumati hisoblanib, anjumanni o`tkazish mas`uliyati Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi zimmasiga yuklangan. 

             Ushbu forum inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan ikkinchi xalqaro anjumandir. "Inson huquqlari bo`yicha Osiyo forumi" deb nomlangan birinchi xalqaro anjuman 2018 yil 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan. 

             Uning ishtirokchilari tomonidan Inson huquqlari bo`yicha Samarqand deklarasiyasi qabul qilingan. Mazkur Deklarasiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2019 yil 6 fevralda BMT 73-sessiyasining hujjati sifatida tasdiqlagan.

             Osiyo Forumi yakunida mazkur xalqaro anjumanning muhimligi va zarurligini hisobga olgan holda, uni har ikki yilda bir marta muntazam ravishda o`tkazib turish haqida kelishib olingan.

         Bu galgi Samarqand Forumining asosiy maqsadi – yoshlar huquqlarini himoya qilish va rag`batlantirishga taalluqli mavjud xalqaro hamda mintaqaviy mexanizmlarni tahlil qilishdan iborat. Munozaralar jarayonida ushbu mexanizmlarni takomillashtirish imkoniyatlari ham ko`rib chiqiladi.

         Kun tartibidan, shuningdek BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari va BMTning Inson huquqlari sohasidagi ta`lim bo`yicha butunjahon dasturini amalga oshirishda yoshlarning roli masalasi o`rin olgan.

Samarqand Forumida BMTning Yoshlar huquqlari bo`yicha konvensiyasi loyihasi birinchi marta jahonning etakchi ekspertlari muhokamasi uchun taqdim qilinadi. Ushbu Konvensiya loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ShavkatMirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi taklifiga muvofiq tayyorlangan.

         Konvensiya -tom ma`nodagi yangi hujjat bo`lib, unda yoshlarning hozirgi zamonda dunyo miqyosida e`tirof etilishi zarur bo`lgan o`ziga xos huquqlari aks ettirilgan. Bunday mazmundagi xalqaro hujjatning qabul qilinishi jahondagi barcha davlatlar tomonidan yoshlar masalalariga bo`lgan e`tiborni tubdan kuchaytiradi. Yoshlarning alohida huquqlariga jiddiy e`tibor qaratilishi, o`z navbatida, navqiron avlod vakillariga manzilli ko`mak ko`rsatishda muhim omil bo`ladi.

Yoshlar huquqlari bo`yicha konvensiya loyihasi muhokama uchun forumning rasmiy sayti (http://www.asianforum.uz/)da joylashtirilgan.

         Samarqand Forumida ishtirok etish uchunBirlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Afrika Ittifoqi tizimidagi yoshlar tuzilmalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, inson huquqlari bo`yicha xalqaro, mintaqaviy va milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, jami 300 dan ortiq kishi ixtiyor bildirgan. 

         Shuningdek tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari bo`yicha agentlik, yoshlar tashkilotlari  vakillarining faol ishtirok etishi kutilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1