Toshkentda yana ikki odam koronavirusning navbatdagi qurboni bo`ldi, mingga yaqin bemor og`ir ahvolda

Jamiyat 07.08.2020, 10:07
Toshkentda yana ikki odam koronavirusning navbatdagi qurboni bo`ldi, mingga yaqin bemor og`ir ahvolda

Avval xabar qilinganidek, bugun, 7 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda 274 odamda koronavirus aniqlandi. 

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 19 587 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 728 nafari og`ir, 217 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1