1

Chilonzor tumanida ishsizlarga to`lanishi lozim bo`lgan 36,2 mln so`m byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

Jamiyat 07.08.2020, 10:42
Chilonzor tumanida ishsizlarga to`lanishi lozim bo`lgan 36,2 mln so`m byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi, deya xabar berdi Bosh prokuratura Matubot xizmati.

Unda aniqlanishicha, “K.X.” MFY raisi N.R. tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi inspektori A.R. bilan oldindan til biriktirib, markazga ish so`rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro`yxatiga kiritilmagan 26 nafar fuqarolarni jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzgan.

Mazkur ish orqali "sheriklar" jami 36,2 mln so`m byudjet mablag`lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi N.R. va markaz inspektori A.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1