1

Kirish imtihonlari kuniga 2 marta, 12-14 kun davomida bo`lib o`tadi

Jamiyat 07.08.2020, 11:01
Kirish imtihonlari kuniga 2 marta, 12-14 kun davomida bo`lib o`tadi

Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev 6 avgust kuni joriy yilda oliy ta`lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020-2021-o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish masalalari yuzasidan yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda test sinovlarini abiturientlar va nazoratchilar uchun epidemiologik xavfsizlikni ta`minlash imkonini beradigan joyda o`tkazish kerakligi qayd etildi.

Test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi.

Test sinovlari kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o`tkazilib, taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkinligi qayd etildi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokasiyasi bo`yicha abiturientlarni to`liq xabardor qilish yuzasidan ko`rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari imtihonlarning sanasini Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining epidemiologik vaziyat borasidagi xulosasidan kelib chiqqan holda belgilash, aholi salomatligiga xavfsizligini ta`minlash lozimligini ta`kidladi.

Test sinovlarini shaffof holda o`tkazish uchun, yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida Ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar ko`rilishi belgilandi, deyiladi DTM xabarida. 

Mavzuga doir:

Oliy ta`limda yangi o`quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Endi talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etiladi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1