1

Fuqaro haq bo`lib chiqdi. Sirdaryo viloyati YPX xodimlariga intizomiy jazo e`lon qilindi

Jamiyat 07.08.2020, 11:54
Fuqaro haq bo`lib chiqdi. Sirdaryo viloyati YPX xodimlariga intizomiy jazo e`lon qilindi

Joriy yilning 21 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan "Uz GAI. Polny bespredel 1 chast (k chemu privodit prostaya proverka dokumentov)”. “Uz GAI. Polny bespredel 2 chast (k chemu privodit prostaya proverka dokumentov)" sarlavhali video lavha  e`lon qilingan  va IIV YHXBB Axborot xizmati holat yuzasian tekshiruv boshlanganini ma`lum qilgan edi. 

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom hamda IIVning me`yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPXO xodimlari U.Zaripovga “Lavozim maoshining 20 foiz miqdorida jarima”, S.Sharipovga “Lavozim maoshining 10 foiz miqdorida jarima” va I.Yoqubovga “Qattiq hayfsan” intizomiy jazosi e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1