O`zbekistonda qator shaharchalarga «yo`ldosh-shaharlar» maqomi beriladi

Jamiyat 07.08.2020, 13:02
O`zbekistonda qator shaharchalarga «yo`ldosh-shaharlar» maqomi beriladi

Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda yo`ldosh shaharlarni rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi yirik shaharlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib va ulardagi yuqori demografik holat sabab yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga shaharsozlik hamda urbanizasiya tamoyillari asosida zamonaviy echimlarni shakllantirish maqsadida saralab olingan:

  • Andijon shahri uchun Shahrixon va Asaka shaharlari;
  • Namangan shahri uchun To`raqo`rg`on va Chortoq shaharlari;
  • Farg`ona shahri uchun Mindon shaharchasi;
  • Samarqand shahri uchun Chelak va Urgut shaharlari;
  • Buxoro shahri uchun Gala-Osiyo shahri;
  • Qarshi shahri uchun Koson shahri va Xonobod shaharchasi;
  • Nukus shahri uchun Xo`jayli va Taxiatosh shaharchalariga “yo`ldosh-shaharlar” maqomini beriladi.

O`zbekiston Respublikasida “yo`ldosh shaharlar”ni rivojlantirishning asosiy konseptual yo`nalishlari tasdiqlanadi.

O`zbekiston Respublikasida 2020-2025 yillarda belgilangan “yo`ldosh shaharlar”ni rivojlantirish yo`nalishlari:

2020-2025 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahriga tutash bo`lgan Xo`jayli va Taxiatosh shaharlarga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Andijon viloyati Andijon shahriga tutash bo`lgan Asaka va Shahrixon shaharlariga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Buxoro viloyati Buxoro shahriga tutash bo`lgan Gala Osiyo shahriga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Namangan viloyati Namangan shahriga tutash bo`lgan To`raqo`rg`on va Chortoq shaharlariga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Samarqand viloyati Samarqand shahriga tutash bo`lgan Chelak va Urgut shaharlariga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Farg`ona viloyati Farg`ona shahriga tutash bo`lgan Mindonobod shaharchaga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi;

2020-2025 yillarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahriga tutash bo`lgan Koson shahri va Xonobod shaharchasiga “yo`ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirishning ustuvor yo`nalishlari etib belgilanadi:

  • yo`ldosh shaharlarni rivojlantirish natijasida ularni birlashtiruvchi yirik shaharga bo`lgan demografik yukni qisqartirish;
  • yo`ldosh shaharlardagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy va ma`rifiy sohalarni rivojlantirish orqali ulardagi aholining shaharlararo erkin harakatini intensivlashishiga erishish;
  • yo`ldosh shaharlarda yirik shahar bilan bog`liq bo`lgan va mustaqil rivojlanayotgan sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
  • yangi ish o`rinlarini yaratish;
  • aholining turmush darajasini yangi sifat darajaga ko`tarilishiga erishish;
  • aholini uy-joyga bo`lgan talabi asosida makro va mikro uy-joy massivlarini ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalar bilan birgalikda barpo etilishini ta`minlash.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1