Koronavirusning eng katta xavfi — o`pka fibrozi

Jamiyat 07.08.2020, 15:21
Koronavirusning eng katta xavfi — o`pka fibrozi

Uhan shahrida koronavirusdan sog`ayganlarning 90 foizida hozir o`pka yallig`lanishi kuzatilmoqda ekan. Yallig`lanishni davolash mumkinmi?

Ushbu savolga AOKAdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Rustam Ikromov javob qaytardi:

—  Barcha holatlarda ham o`pka yallig`lanishi koronavirus tufayli kelib chiqmaydi. Pnevmoniyani davolashning samarali usullari mavjud va bu kasallikni davolasa bo`ladi.

Koronavirusning eng katta xavfi — o`pka fibrozi, ya`ni o`pka chandig`iga olib kelishidir. Bunda virus havo etib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor keyinchalik yurak va nafas etishmovchiligidan aziyat chekadi. O`pka chandig`i uzoq yillarda tiklanadi. Gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1