AsosiyJamiyat

Germaniya O`zbekistonga qo`shimcha 2 million evro ajratdi

'Germaniya O`zbekistonga qo`shimcha 2 million evro ajratdi'ning rasmi

Germaniya hukumati O`zbekistonga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida qo`shimcha 2 million evro ajratdi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

«Ko`mak turlari va chora-tadbirlari ikki davlat o`rtasida muhokama qilinmoqda», — deyiladi elchixona matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o`tamiz, bir necha hafta muqaddam ham Germaniya O`zbekistonga kislorod ballonlari, tibbiy niqoblar, aravachalar va kombinezonlardan iborat insonvarvarlik yordami jo`natgan edi.

    Boshqa yangiliklar