1

Bekobodda mahalla raisi muhtoj bo`lmagan 26 nafar fuqaroga 101,5 mln so`m nafaqa pullari tayinlagani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 08.08.2020, 11:51
Bekobodda mahalla raisi muhtoj bo`lmagan 26 nafar fuqaroga 101,5 mln so`m nafaqa pullari tayinlagani ma`lum bo`ldi

Bekobod tumanida kam ta`minlangan oilalar uchun to`lanadigan 69,9 mln so`m mablag`larning noqonuniy sarflanishining oldi olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A” MFY raisi X.G`. tomonidan hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritilib, haqiqatda mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji bo`lmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln so`m nafaqa pullari tayinlanib, shundan 31,6 mln so`mi fuqarolarga asossiz to`lab berilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o`z vaqtida olib borilgan o`rganishlar natijasida 69,9 mln so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.G`.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1