Mahkumlarni nazorat qilishga doir elektron dastur ishga tushirildi

Jamiyat 08.08.2020, 11:55
Mahkumlarni nazorat qilishga doir elektron dastur ishga tushirildi

Farg`ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan IIB Probasiya hisobida turgan mahkumlarni belgilangan tartibda jazo o`tashlari, jinoyat sodir etishga moyillarini aniqlash hamda kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida “Mahkumlarni elektron nazorat qilish mexanizmi” elektron Dasturi yo`lga qo`yildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma`lum qildi. 

Dastur joylardagi probasiya xizmati xodimlarining mahkumlar bilan kunlik olib borayotgan ishlari va amalga oshirilayotgan tadbirlarni elektron nazorat qilish imkonini bermoqda.

Dastur ishga turilganidan hozirga qadar 40 dan ortiq mahkumlar ishga joylashtirilib, chegirma pullarini davlat byudjetiga yo`naltirilishi ta`minlandi. Jazo o`tashdan muntazam bo`yin tovlab kelayotgan 18 nafarini jazo turi og`irrog`iga almashtirish borasida sud qarorlar qabul qilingan.

Shu bilan birga jazoni sud tomonidan belgilangan talablariga to`liq amal qilib kelayotgan 26 nafar mahkumlar esa muddatidan avval shartli ravishda jazodan ozod qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1