AsosiyJamiyat

Xalqaro press-klub: «Temir daftar»ga kimlar kiritilishi ma`lum qilindi

'Xalqaro press-klub: «Temir daftar»ga kimlar kiritilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarga ijtimoiy ko`mak berish va "Temir daftar" mavzusiga bag`ishlangan sessiya bo`lib o`tmoqda. 

Unda ma`lum qilinishicha, «Temir daftar»ga ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi kiritiladi.

Jumladan:

- kam ta`minlangan;

- nogironligi bo`lgan;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

- yakka-yolg`iz keksalar;

- doimiy ishsiz fuqarolar;

- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

- og`ir epidemiologik hududlardan qayrib kelingan fuqarolarni kambag`allikdan chiqarish choralari ko`riladi.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, mas`ul xodimlar o`zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma`lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;

«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo`lmaganda bitta a`zosini joriy yilda ish bilan ta`minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko`riladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar