AsosiyJamiyat

Andijonda mansabdorlar juda ko`p miqdorda byudjet mablag`larini talon-toroj qilishdi

'Andijonda mansabdorlar juda ko`p miqdorda byudjet mablag`larini talon-toroj qilishdi'ning rasmi

Andijon viloyatida juda ko`p miqdorda byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi, deya "darakchi.uz"ga xabar bermoqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Andijon viloyat uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan haqiqatda ishlamagan xodimlarga oylik maoshi to`lash hamda asossiz mukofot pullari va qo`shimcha ustamalar to`lab berilishi natijasida 
239,1 mln so`m byudjet mablag`lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan boshqarma mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar