1

Yurtimizda koronavirus yana 193 kishida aniqlandi, sog`ayganlar 21 mingdan oshdi

Jamiyat 08.08.2020, 17:15
Yurtimizda koronavirus yana 193 kishida aniqlandi, sog`ayganlar 21 mingdan oshdi

O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 8 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 652  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari 193 nafarga ko`paygan. Ularning 131 nafari Toshkent viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 21 006 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog`aygan. Viloyatlar kesimida:

- Toshkent shahrida 328 nafar

- Toshkent viloyatida 215 nafar

- Surxondaryo viloyatida 30 nafar

- Samarqand viloyatida 21 nafar

- Namangan viloyatida 17 nafar

- Farg`ona viloyatida 11 nafar

- Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 626 nafar bemor tuzaldi.  

Hozirda mamlakatimizda 8459 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1