Bugun, 8 avgust kuni AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ishtirokida brifing bo`lib o`tmoqda.
Brifingda vazir Inomjon Majidov bu yil OTMlarning 1-bosqich talabalari qachondan o`qishni boshlaydi, degan savolga javob berdi.
"Birinchi kurslar uchun o`qish 1 oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Ikkinchi va undan yuqori kurslar sentyabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar", dedi vazir.
Shuningdek, brifingda yangi o`quv yilidan to`lov kontrakt summasi oshish yoki oshmasligiga ham oydinlik kiritildi. Ma`lum qilinishicha, bu yilgi to`lov-kontrakt miqdorida o`zgarish bo`lmaydi.