AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarga Rossiyada 4200dan ortiq bo`sh ish o`rinlari taklif qilinmoqda

'O`zbekistonliklarga Rossiyada 4200dan ortiq bo`sh ish o`rinlari taklif qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federasiyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi. 

Koronavirus pandemiyasi sharoitida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda zavod qurilishida ishlash uchun 4200 dan ortiq bo`sh ish o`rniga fuqarolar quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha ishlashi mumkin:

- armatura ishlariga;

- beton quyish ishlariga;

- elektrgaz payvandlash ishlariga;

- elektr montaj ishlariga;

- montajchi-usta ishlariga;

- duradgorlik ishlariga;

- qurilish havozalarini o`rnatish ishlariga;

- quvurlarni montaj qilish ishlariga;

- bo`yoqchilik ishlariga;

- yordamchi ishchilar.

Oylik maosh: 40-60 ming rubl.  

Ish vaqti: haftasiga 5 kun 8 soatdan.

Sinov muddati: 3 oy

Ishga ushbu yo`nalishlar bo`yicha 2-3 yillik tajribaga ega, O`zbekistondan chiqish va Rossiyaga kirish uchun taqiq qo`yilmagan 24 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan erkaklar taklif etiladi.

Ishchilarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish, yashash xarajatlari ish beruvchi kompaniya tomonidan qoplab beriladi.

Ishchilar tibbiy va baxtsiz hodisalardan sug`urtalanadi. Agar koronavirusga chalinsa, qurilish ob`ektida tashkil etilgan COVID-19ga ixtisoslashgan gospitalda ish beruvchi tomonidan davolanishi ta`minlanadi.

Ishlash uchun ro`yxatdan o`tish, murojaat uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yoki agentlikning hududiy filiallari telefon raqamlariga bog`lanish so`raladi. 

    Boshqa yangiliklar