AsosiyJamiyat

Sariosiyo tumani XTB hisobchisi 4 yildan beri o`qituvchilarning "oyligi"ni olib kelgani aniqlandi

'Sariosiyo tumani XTB hisobchisi 4 yildan beri o`qituvchilarning "oyligi"ni olib kelgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Xalq ta`limi bo`limi hisobchisi X.K. byudjet mablag`larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar qildi.

XTB hisobchisi tumandagi 27-sonli maktabda muqaddam ishlab ketgan fuqaro M.Q., N.T., O.E.lar va haqiqatda ishlamagan Sh.Q.ning nomlariga bank plastik kartasini rasmiylashtirib olib, 2016-2020 yillar davomida jami 355,3 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirib kelgan. 

Mazkur holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar