AsosiyJamiyat

IIB xodimlari Toshkentda ko`chada qolgan ayol va uning bolasiga yordam ko`rsatdi

'IIB xodimlari Toshkentda ko`chada qolgan ayol va uning bolasiga yordam ko`rsatdi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBga og`ir sharoitda boshpanasiz qolgan ayol yordam so`rab murojaat qildi. Poytaxt IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar murojaatni e`tiborsiz qoldirishmadi...

Xabar berilishicha, buxorolik 30 yoshli Salima (ism o`zgartirilgan) ota-onasi hayotdan ko`z yumgach, moddiy qiyinchilikka duch kelgan. 2017 yili u poytaxtga ishlash maqsadida kelgan. Dugonasi bilan Chilonzor tumanidagi xonadonda ijarada turgan va kafeda hamda qandolat ishlab chiqarish korxonasida ishlab yurgan. Keyinchalik bir yigit bilan tanishib, u bilan birga yashay boshlagan. Yaqinda qiz farzandli bo`lgan. Bolaning otasi esa unga moddiy yordam berishdan va go`dakning tarbiyasi bilan shug`ullanishdan bosh tortgan. Shu tariqa ayol farzandi bilan ko`chada qolgan.

Chilonzor tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar Salimaning holatini o`rganish maqsadida Buxoro viloyati IIBga tegishli hujjatlarni yo`naltirishdi.

Salima va uning bolasi esa Chilonzor tumanidagi dugonasining uyiga vaqtinchalik joylashtirildi. 

    Boshqa yangiliklar