1

Ipoteka kreditlari, shifokorlar maoshiga 100 foiz ustama, transport... So`xliklarga bir qator imtiyozlar beriladi

Jamiyat 08.08.2020, 23:01
Ipoteka kreditlari, shifokorlar maoshiga 100 foiz ustama, transport... So`xliklarga bir qator imtiyozlar beriladi

Shavkat Mirziyoev «2020-2021 yillarda Farg`ona viloyatining So`x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko`ra, So`x tumanida 2020 yilda jismoniy shaxslar er solig`i va mol-mulk solig`ini to`lashdan ozod etiladi.

Joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i amaldagi qat`iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig`im to`lashdan ozod qilinadi;
  • So`x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi;
  • So`x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi 3 yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi 2 yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng ko`p miqdori  100 foiz o`rnatiladi;
  • Transport vazirligi Qirg`iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to`liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg`ona shahridan So`x tumaniga kichik aviasiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo`lga qo`yilishini ta`minlaydi;
  • Farg`ona viloyati hokimligi bir oy muddatda So`x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo`nish maydonchalarini tashkil etadi;
  • So`x tumani aholisi uchun Farg`ona viloyatining Yozyovon, Qo`shtepa, Bag`dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin er maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi;
  • So`x tumanidagi ish bilan bandligi ta`minlanmagan aholining bir qismi Toshkent shahrida yirik ob`ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta`mirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1