O`zbekistonda yana 279 kishida koronavirus aniqlandi. Ikki bemor esa shu virus tufayli hayotdan ko`z yumdi

Jamiyat 09.08.2020, 10:05
O`zbekistonda yana 279 kishida koronavirus aniqlandi. Ikki bemor esa shu virus tufayli hayotdan ko`z yumdi

2020 yil 9 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 (+279) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

 Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 Ayni paytda yurtimizda 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog`aygan.

 ️Hozirda mamlakatimizda 8691 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 974 nafari og`ir, 274 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1