Shahrisabzlik yo`qolib qolgan 15 yoshli qizni topishda yordam bering

Jamiyat 09.08.2020, 10:38
Shahrisabzlik yo`qolib qolgan 15 yoshli qizni topishda yordam bering

Ichki ishlar vazirligi 2005 yil 10 mayda Shahrisabz tumanida tug`ilgan, millati o`zbek bo`lgan Razzoqova Sevinch Abdurasul qizi yo`qolib qolganligi haqida e`lon berdi. 

Sevinch tumandagi 30-sonli umumta`lim o`rta ta`lim maktabi 8-sinf o`quvchisi bo`lib, Shahrisabz tumani, “Chorshanbe” MFY Chorshanbe qishlog`ida yashaydi.

Tanib olishingiz uchun alohida belgilari: Buyi 160-165 smlar atrofida, o`rta gavdali, ozg`indan kelgan, yuzida sepkili bor, sochi kalta, qoshlari yoysimon qalin qora rangda, yuzi ovalsimon shaklda, ko`zlari qisiq malla rangda, burni o`rtacha kattalikda, quloqlari o`rtacha kattalikda.

Razzoqova Sevinch Abdurasul qizini ko`rgan-bilganlar quyidagi telefon raqamlarga qo`ng`iroq qilishlari yoki yaqin atrofdagi IIBga murojaat etishlari so`ralmoqda.  

Telefon: 102, 75 522-78-12, 75 221-88-66, 97 279-17-71.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1