Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidov ma`lum qildi.
Unga ko`ra,
— Agar talabaning vaziyati og`ir bo`lsa, talabaning qurbi to`lashga etmasa, oliy o`quv yurti vaziyatni o`rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko`riladi. Talaba endilikda kontraktni to`lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko`rib chiqiladi.
Bunda OTM tomonidan vaziyat to`liq o`rganilgach, qaror qabul qilinadi.






