Navoiyda eski kondan noqonuniy oltin qazib olayotganlar qo`lga tushdi

Jamiyat 09.08.2020, 12:45
Navoiyda eski kondan noqonuniy oltin qazib olayotganlar qo`lga tushdi

Navoiy viloyatida Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida Uchquduq tumani Altintou mahallasida joylashgan “Aygul-partiya” deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo`lgan toshlarni noqonuniy yo`l bilan qazib olayotgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M.lar qo`lga olingan.  Bu haqda Milliy gvardiya xabar berdi.

Fuqaro T.J.o`zining boshqaruvidagi davlat raqami 85 J 126 BA bo`lgan Ford rusumli avtomashinasida 17 ta qopga joylangan 1264 kg og`irlikdagi tarkibida oltin zarralari bo`lgan mayda toshlarni, fuqaro Sh.M. esa o`zining boshqaruvidagi davlat raqami 85 S 684 SA bo`lgan Ford rusumli avtomashinasida 33 ta qopga joylangan 1654 kg og`irlikdagi toshlarni olib chiqib ketayotganida to`xtatib qolinib xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari bo`lgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 gr 604863,5 so`m belgilangan narxda)tekshirib ko`rilganda fuqaro T.J.tomonidan o`zlashtirilgan 1264 kg og`irlikdagi toshlardan 148 gr (89 000 000 so`m) miqdordagi oltin moddasi borligi, fuqaro Sh.M. dan olingan 1654 kg og`irlikdagi toshlardan esa 234 gr(141 000 000) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda Novoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1