1

Koronavirusdan tuzalganlar ko`chaga tibbiy niqobsiz ham chiqsa bo`ladimi?

Salomatlik 09.08.2020, 12:57
Koronavirusdan tuzalganlar ko`chaga tibbiy niqobsiz ham chiqsa bo`ladimi?

Kasallikni engil darajada o`tkazdim, shifokorlarning aytishicha kasallikka immunitet hosil bo`larkan, endi ko`chaga tibbiy niqobsiz ham chiqsam bo`ladimi?

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingada ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:

-- Kasallanib tuzalgandan so`ng immunitet hosil bo`ladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari bo`yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan bo`lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin.  

️Shu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1