JSST Turkmanistonda tasodifiy tanlangan fuqarolarda koronavirus tekshiruvini o`tkazadi

Dunyo 09.08.2020, 14:49
JSST Turkmanistonda tasodifiy tanlangan fuqarolarda koronavirus tekshiruvini o`tkazadi

 Bu haqda JSST Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ma`lum qildi. Unga ko`ra, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Turkmanistonda aholini terib-terib koronavirus tahlilidan o`tkazishni rejalashtirgan va bu uchun Turmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning roziligini olgan.

Uning so`zlariga ko`ra, JSSTni Turkmanistonda “COVID-19”siz pnevmoniya holati ko`payib borayotgani tashvishga solmoqda.

Kecha prezident Gurbanguli Berdimuhamedov JSST Bosh direktori bilan suhbatlashgan va koronavirus genomini o`rganishni taklif etgan. Turmaniston rahbari ayni tadbir virusning kelib chiqishi, kasallikning tarqalish yo`llari va turlanishi (mutasiyasi)ni anglab etishga yordam beradi, deya ishonmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`rta Osiyoda faqatgina Turmanistonda rasman koronavirusdan zararlanish holati qayd etilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1