1

COVID-19 bo`lib tuzalganimdan beri 14 kundan oshdi, lekin menda ko`p terlash bor. Bu xavfli emasmi?

Salomatlik 09.08.2020, 15:41
COVID-19 bo`lib tuzalganimdan beri 14 kundan oshdi, lekin menda ko`p terlash bor. Bu xavfli emasmi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva 9 avgust kuni AOKAdagi brifingda aholidan tushgan savollarga javob berdi. Bu haqda agentlik Telegram kanalida xabar berilgan.

Menda COVID-19 boshlangani va tuzalayotganimga 14 kundan oshdi, lekin menda holsizlik va ko`p terlash bor. Bu xavfli emasmi?

— Bugungi kunda ko`pgina kasallik o`tkazgan bemorlarning asosiy shikoyatlari holsizlik va ko`p terlash bo`lib, u kasallik jarayonida virus ta`sirida organizmga etkazilgan jarohatlarning tiklanish davrida ayniqsa, kuchaymoqda. Buning asosiy sababi – organizm kasallik davrida ko`p quvvat va energiyani yo`qotishi hisobidan uning tiklanish jarayonida holsizlik alomati kelib chiqishi bo`lsa, ikkinchi qismi asab va ruhiy tizimga ham bog`liq. Ya`ni kasallangan odamlar kuchli qo`rquv bilan organizmlari kuchli stress ham oladi, kasallikning bosqichlari o`tganini his qilish boshlanganda organizmda bo`shashtirish mexanizmi ishga tushadi, shu bilan inson holsizlik hissi yanada ortib boraveradi.

Bunday holatlarda engil hazm bo`ladigan, vitamin va mikroelementlarga boy ovqatlarni kam-kamdan eb turish kerak. Tovuq bulonlari, qo`y gushti yoki mol go`shti qaynatma sho`rvalarini iste`mol qilish insonga quvvat beradi. Sekin asta engil harakatlarni davom ettirish talab etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1