1

Ayni paytda koronavirus qayd etilganlar soni 267 nafarga ortdi

Jamiyat 09.08.2020, 17:31
Ayni paytda koronavirus qayd etilganlar soni 267 nafarga ortdi

2020 yil 9 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 464 (+267) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 247 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Andijon viloyatida hamda 9 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 61 yoshli B.R. (erkak) hamda Qarshi shahrida yashagan 67 yoshli Q.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 497 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 21 813 (+497) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 459 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1