1

Chekuvchilarda koronavirus qanday kechadi?

Salomatlik 09.08.2020, 19:07
Chekuvchilarda koronavirus qanday kechadi?

Bu haqda pulmonolog Dilorom Rahimova ma`lumot berdi.

O`pka kasalliklarini davolovchi mutaxassisning aytishicha COVID-19 – bu virus, birinchi navbatda nafas az`olarini, shu jumladan o`pkani zararlaydi.  

Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, tamaki chekish pnevmoniya yoki grippga chalingan insonlarda xastalikni kuchaytiradi.

Chekish o`pkaning shilliq qavatini shikastlab, respirator tizimda tozalanish maromini buzadi, ya`ni patogen bakteriya va viruslar nafas a`zolaridan kam miqdorda tozalab chiqadi. Natijada organizm ulardan qutula olmaydi. Demak, chekuvchilar koronavirus bilan kasallansa, hayotini xavf ostiga qo`yishi mumkin.

Elektron sigaret chekuvchilarda ham immun tizimi juda sust bo`ladi, virus yuqqanda esa turli asoratlar ko`payadi.

COVID-19'ga chalingan ko`plab chekuvchi bemorlar «IVL» – sun`iy nafas beruvchi apparatlarga ulangan taqdirda ham ularning hayotini saqlab qolish imkonsiz. Shu sababli, bu zararli odatdan voz kechish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1