Poytaxtimizning Yashnobod tumanida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan FVV rasmiy bayonot berdi

Jamiyat 09.08.2020, 22:37
Poytaxtimizning Yashnobod tumanida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan FVV rasmiy bayonot berdi

Yashnobod tumanida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan FVV axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Bugun 9 avgust kuni soat 13:23 da Poytaxtimizning Yashnobod tumani “Iltifot” MFY hududi atrofida yong`in kelib chiqqan.

Yong`in natijasida 200 kv.m maydonda quruq o`t, shox-shabba hamda eski qurilish chiqindilari yongan. Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari manzilga soat 13:28 da etib borgan va ko`rilgan tezkor choralar natijasida yong`in soat 14:13da to`liq bartaraf etilgan. Yong`in joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. Yong`in sabablari aniqlanmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1