Kredit shartnomasi asosida “Jentra” avtomashinasini va`da qilgan shaxga jinoyat ishi qo`zg`atildi, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.
28 iyul kuni fuqaro U.M. U.Oripov ko`chasida tanishi M.Z.ning ishonchini suiiste`mol qilish orqali kredit shartnomasi asosida “Jentra” rusumli avtomashina olib berishi va boshlang`ich to`lovi uchun 4.500 AQSh dollari to`lashini aytib, avtomashina fotosuratini ko`rsatib, kelishuv uchun 500 AQSh dollari va 10.000.000 so`m miqdoridagi pullarni olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






