2020 yil 10 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 820 (+211) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi
Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida (shundan 33 nafari tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 143 nafari esa O`rtasaroy karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida), 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 11 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






