1

Qibrayda chamadon ichidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi chiqdi

Jamiyat 10.08.2020, 12:00
Qibrayda chamadon ichidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi chiqdi

Qibray tumanida sayohat jomadonidan murda topildi. Bu haqdagi ma`lumotnomani  Bosh prokuratura matbuot xizmati «darakchi.uz»ga taqdim etdi.

Keltirilishicha, shu yilning 8 avgust kuni kechga yaqin Qibray tumani IIBga «Qodiriya GESlar Kaskadi» unitar korxonasi 11-sonli GESining 2-avankamerasida sayohat chemodaniga inson jasadi tiqib qo`yilgani haqida xabar qilingan.

Hodisa joyi ko`zdan kechirilganda, yarim ochiq holatdagi «BIAHao» sayohat chemodani ichida sochlariga oq oralagan erkak kishining jasadi borligi ma`lum bo`ladi.

Murdaning badanida tan jarohati va undan qolgan izlar aniqlanmagan. Shimining cho`ntagidan jami 410 000 so`m miqdorda naqd pul topilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida murdaning shaxsiga oydinlik kiritilgan: u 1968 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Sh.A. ekani aniqlandi. (Marhum ilgari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida ta`minotchi vazifasida ishlagani aytiladi).

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Sh.A. shu yilning 7 avgust kuni ertalab uyidan «Gentra» rusumli avtomashinasida Toshkent shahridagi Respublika Shoshilinch tez tibbiy klinik (sobiq 6-sonli) shifoxonasiga chiqib ketgan.

Mazkur transport vositasini aniqlash bo`yicha «To`sib ushlash» tadbiri e`lon qilinib, transport vositasi qaerda ekanligini aniqlash choralari ko`rilmoqda.

Bo`stonliq tumani sud tibbiy ekspertiza bo`linmasining birlamchi ma`lumotnomasida marhum Sh.A. «bo`yin a`zolari to`mtoq jism ta`sirida siqilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya»dan vafot etgani qayd etilgan.

Ayni paytda holat bo`yicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida Toshkent viloyat IIBB, Toshkent shahar IIBB hamda tuman IIB xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tashkil etilib, tergov hamda tezkor-qidiruv harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura ma`lumotida.

Sharhlar

Меҳмон 10.08.2020, 10:23
Не иначе действовал спецназ.
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1