1

Masjidlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi

Jamiyat 10.08.2020, 13:23
Masjidlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi

Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ayni damda, diniy soha vakillari ishtirokida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tyapti.

Yig`ilishda Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi A.Axmedov masjidlar faoliyatini qayta ko`rib chiqish va hozirgi holati masalasiga alohida e`tibor qaratdi.  

Jumladan, u masjidlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin talablari yumshatilgan taqdirda, har bir hududning epidemiologik holatini intobatga olib, sanitariya talablariga to`liq amal qilgan holda masjidlar faoliyatini qayta yo`lga qo`yishga bosqichma-bosqich ruxsat berish masalasini kun tartibiga qo`ydi.

O`z navbatida, Qo`mita raisi hozirgi paytda respublikadagi masjidlarning mavjud holati to`liq o`rganib chiqilganini ham ma`lum qildi.

Videoselektor davom etmoqda. Yig`ilish tafsilotlari haqida keyinroq batafsil ma`lumot beramiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1