Bugun O`zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq bo`ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeologiya xizmati xabar bermoqda.
Ertaga mamlakatimiz hududiga kuchsiz havo oqimining kirishi kutilmoqda, natijada harorat biroz - kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajagacha pasayadi. Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko`tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.
Bugun va ertaga respublika tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin.






