AsosiyJamiyat

San`at yo`nalishidagi ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi

'San`at yo`nalishidagi ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi'ning rasmi

Bu haqda AOKA zalida «2020-2021 o`quv yiliga tayyorgarlik va ijodiy imtihonlarning tashkil etilishi» mavzusida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo`ldoshevning aytishicha, endilikda ota-onalar institutlar hovlisiga kiritilmaydi.

 Ular uchun tashqarida jarayonni televizion ko`rish uchun sharoit yaratiladi.

Kuzatuvchilar rangli va ovozli tarzda abiturientlarni kuzata oladi. Mazkur institutda bu yil eng ko`p hujjat topshirgan. Ma`lum qilinishicha, 15 387 abiturient ayni yo`nalishda o`qish uchun talabgor bo`lgan. Yurtimizdagi taniqli san`atkorlar imtihon jarayonida ishtirok etadi.

Bu yil kasbiy imtihon topshirgan har bir talabgor videotasvirlarga olinadi va keyinchalik ochiq-oydin ko`rsatiladi. Qo`yilgan baholar tahlil etiladi.

    Boshqa yangiliklar